Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘ini sotib olishidan oldin uning narxini manipulyasiya qilgan. Bu haqda San-Fransiskodagi hakamlar hay’ati sudi qaroridan ma’lum bo‘ldi.
Bloomberg agentligining xabar berishicha, hakamlar hay’ati Mask 2022 yilda ijtimoiy tarmoqni dastlab taklif qilingan 44 milliard dollardan arzonroq narxga sotib olish maqsadida uni obro‘sizlantirib, investorlarni aldagan degan xulosaga keldi.
Fevral oyi boshida Fransiyada ijtimoiy tarmoq ofislarida o‘tkazilgan tintuvlar fonida Ilon Mask va X kompaniyasining sobiq bosh direktori Linda Yakkarino ko‘rsatma berish uchun chaqirilgan edi.