Ilon Mask Trampning bo‘lajak jamoasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu haqda ABC xabar berdi.
Amerikalik biznesmen deyarli har kuni Trampning Mar-a-Lagodagi (Florida) qarorgohida bo‘lib, uning yangi jamoasini shakllantirishdagi qarorlari va ikkinchi prezidentlik muddatidagi strategiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.
Telekanal manbalarining qayd etishicha, milliarder allaqachon Tramp va xorij yetakchilari, jumladan, Ukraina prezidenti o‘rtasidagi ikkita telefon suhbatida ishtirok etgan.