Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ilon Mask sun’iy intellekt bo‘yicha tajribalarni to‘xtatishga chaqirdi

Ilon Mask sun’iy intellekt bo‘yicha tajribalarni to‘xtatishga chaqirdi

Ilon Mask, Apple hammuassisi Stiv Voznyak va boshqa 1100 nafar professor, muhandis va tadqiqotchilar sun’iy intellekt bo‘yicha tajribalarni to‘xtatishga chaqirdi. Ular sun’iy intellekt insoniyatga tahdid solishidan qo‘rqmoqda.

Tegishli chaqiruv aks etgan maktub Future of Life Institute notijorat tashkiloti tomonidan nashr etilgan va IT-sanoatdagi ko‘plab taniqli shaxslar tomonidan imzolangan. Ularning barchasi sanoat uchun umumiy xavfsizlik protokollari va standartlari ishlab chiqilgunga qadar sun’iy intellektni rivojlantirishda “pauza”ga chaqirdi.

Maktubni imzolovchilar sun’iy intellekt mahsulotlari “jamiyat va insoniyat uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin” deb hisoblaydi. So‘nggi oylarda ishlab chiquvchilar bir-biridan o‘zib ketishga va “harakatlarini o‘zlari to‘liq tushuna olmaydigan va nazorat qilolmaydigan kuchliroq modellarni” yaratishga harakat qildi.

Maktubni imzolagan ekspertlar va soha rahbarlari umumiy xavfsizlik protokollari o‘rnatilgunga qadar mashg‘ulotlar to‘xtatilishi kerak, deb hisoblaydi. Agar sun’iy intellekt mahsulotlarini yaratuvchilar olti oylik tanaffusni mustaqil ravishda tashkil qilolmasa, hukumat bunga aralashishi kerak.

Kiritildi: 21:47 29.03.2023. O'qildi: 2212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!