Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Ilon Mask 2022 yil oxiridan beri Vladimir Putin bilan muntazam aloqada bo‘lgan

Ilon Mask 2022 yil oxiridan beri Vladimir Putin bilan muntazam aloqada bo‘lgan

Ilon Mask 2022 yil oxiridan beri Vladimir Putin bilan muntazam aloqada bo‘lgan — The Wall Street Journal

Bu ma’lumot AQSH, Yevropa Ittifoqi va Rossiyaning bir qancha amaldagi va sobiq amaldorlari tomonidan tasdiqlangan. Mask va Putin o‘rtasidagi muzokaralar “shaxsiy mavzular, biznes va geosiyosiy ziddiyatlar” haqida bo‘lgan, deb yozadi WSJ.

Bundan tashqari, 2022 yildan keyin Mask bir nechta yuqori martabali rossiyalik amaldorlar bilan ham muloqot qilgan, ular orasida Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbari Sergey Kiriyenko ham bor. Ular nima haqida gaplashgani noma’lum.

2022 yilning kuzida siyosatshunos Yan Bremmer Mask unga Putin bilan suhbati va Kremlning “qizil chiziqlari” haqida gapirganini aytgandi. Bremmerning so‘zlariga ko‘ra, Mask unga Rossiya har qanday holatda ham Qrim va Ukrainaning betarafligini saqlab qolishi va Ukrainaning anneksiya qilingan Qrimga bostirib kirishiga yadroviy zarba bilan javob berishi haqidagi xabarni yetkazgan. Mask Bremmerga bu gaplarni aytganini rad etdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil oxirida Kreml birinchi marta Maskga Tayvan ustidan Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa terminallarini faollashtirmaslik iltimosi bilan murojaat qilgan – bundan maqsad esa Xitoy yetakchisi Si Jinpinga xayrixohlikni namoyish etish bo‘lgan.

"AQSh va uning ittifoqchilari so‘nggi yillarda Putinni izolyasiya qilishdi. Maskning bu muloqoti Rossiya yetakchisi bilan hamkorlikning yangilanganini ko‘rsatishi va Trampning Ukrainadagi urush kabi yirik kelishmovchiliklar bo‘yicha kelishuvga erishish istagini yana bir bor tasdiqlashi mumkin", deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 12:50. O'qildi: 522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!