Ilmiy ish qilayotgan xodimlarga o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda quyidagi muddatlarga ijodiy ta’tillar beriladi:
🔹falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasini olishga doir dissertasiyani yakunlash uchun hamda darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar qo‘lyozmalarining mualliflariga – 3 oygacha;
🔹fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasini olishga doir doktorlik dissertasiyani yakunlash uchun – 6 oygacha.
Ushbu ta’tillarning berilishi xodimlarning yillik ta’tilidan foydalanishiga to‘sqinlik qilmaydi.