Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ilmiy faoliyat yurituvchilar uchun 48 kunlik mehnat ta’tili beriladi

Ilmiy faoliyat yurituvchilar uchun 48 kunlik mehnat ta’tili beriladi

“Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O‘RQ–576-son, 29.10.2019 y.).

Qonunga muvofiq, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yo‘nalishlaridan biri ilm-fan va ilmiy faoliyatni rivojlantirish orqali milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi hamda samaradorligiga erishishdan iborat.

Qonun bilan qator tashkilotlarning ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatlari belgilab berildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Xususan, Innovasion rivojlanish vazirligi ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi hamda sohani rivojlantirish masalalari bo‘yicha tegishli tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Shuningdek, Qonunga ko‘ra, ta’lim tashkilotida iste’dodlarni aniqlash, tanlash, tarbiyalash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar olib borish orqali yoshlar ilm-fan va ilmiy faoliyatga jalb etiladi.

* Ilmiy faoliyat yurituvchi shaxslar:

* inson hayoti va salomatligi, atrof tabiiy muhitga zarar yetkazmaslikka;

* ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘ymaslikka, o‘zgalarning ilmiy ishlanmalarini o‘zlashtirmaslikka va yolg‘on ma’lumotlarga asoslanmaslikka;

* intellektual mulk huquqlari va ilmiy odob-axloq qoidalariga rioya qilishga majburdir.

Qonunga muvofiq, davlat ilmiy tashkilotlarida ilmiy faoliyat yurituvchi shaxslarga 48 ish kunidan iborat yillik haq to‘lanadigan hamda moddiy yordamni ko‘zda tutadigan mehnat ta’tili beriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Qonundagi ilmiy faoliyat yurituvchilar uchun mehnat ta’tili nazarda tutilgan qoidalar 2020 yil 1 yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.

Kiritildi: 12:15 30.10.2019. O'qildi: 2226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!