Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ilk bor «Oskar»ga da’vogarlar ro‘yxatiga o‘zbek rejissyori ham kiritildi

Ilk bor «Oskar»ga da’vogarlar ro‘yxatiga o‘zbek rejissyori ham kiritildi

"Eng yaxshi xorijiy film" nominasiyasida "Oskar" mukofotiga da’vogarlar ro‘yxati aniqlandi. Jami 93 ta davlat ariza topshirdi, ular orasida ilk bor O‘zbekiston, Gana va Nigeriya ham bor.

Kino akademiyasi qoidalariga ko‘ra, film AQShdan tashqarida yaratilishi, undagi dialoglar aksariyat qismi ingliz tilida bo‘lmasligi, lentaning davomiyligi 40 daqiqadan ko‘proq bo‘lishi kerak.

Ilgari bu nominasiya "Chet tilidagi eng yaxshi film" deb nomlangan edi, ammo bu yildan boshlab yangi nom oldi.

Oskarga "O‘zbekkino" agentligi Umid Hamdamovning "Issiq non" filmini namoyish etdi. Film Anapa shahrida bo‘lib o‘tgan XXVIII «Kinoshok» ochiq festivalining bosh mukofotiga sazovor bo‘ldi. Filmda o‘ynagan Feruza Saidova eng yaxshi aktrisa mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Hamdamov – o‘zbek aktyori, ssenariynavis va rejissyor. "Issiq non" filmida onasi shaharda ishlayotgan paytda, buvisi bilan kichik qishloqda yashaydigan o‘spirin qizning qiyinchiliklari haqida hikoya qilinadi.

Kiritildi: 11:22 09.10.2019. O'qildi: 3041 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!