Asli Gruziyadan bo‘lgan, biroq Ispaniya sharafini himoya qilayotgan 28 yoshli UFC jangchisi Iliya Topuriya yil oxirigacha yana bir jang o‘tkazishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Agar UFC men uchun jang tashkil qilishni rejalashtirgan bo‘lsa, yil oxirigacha yana bir marta oktagonga chiqishga tayyorman, — dedi Topuriya.
Topuriyaning so‘nggi jangi 29 iyun kuni AQShning Nevada shtatida, Las-Vegas shahrida o‘tkazilgan UFC 317 turnirida bo‘lib o‘tdi. U ushbu oqshomda 35 yoshli sobiq UFC chempioni, braziliyalik Charlz Oliveyraga qarshi jang qildi.