Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning aytishicha, Fransiya, Hindiston va Gresiya Armanistonni Ozarboyjonga qarshi qurollantirmoqda.
«Biz shunchaki qo‘l qovushtirib o‘tirolmaymiz. Biz bu pozisiyani Armaniston hukumati va bugun Armanistonga «g‘amxo‘rlik qilishga» urinayotgan tomonlarga aniq yetkazdik. Agar o‘zimizga jiddiy tahdid borligini ko‘rsak, jiddiy choralar ko‘rishga majbur bo‘lamiz», dedi Aliyev.
Prezidentning aytishicha, hozir tinchlik bitimi qanday bo‘lishi kerakligi haqida umumiy tushuncha mavjud.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «tomonlar muammoni hal qilishga har qachongidan ham yaqinroq».