Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Il-76 bilan nima sodir bo‘lganiga hech kim aniq javob bera olmaydi — Kirill Budanov

A A A
 Il-76 bilan nima sodir bo‘lganiga hech kim aniq javob bera olmaydi — Kirill Budanov

Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanovning so‘zlariga ko‘ra, Belgorod viloyatida halokatga uchragan harbiy transport samolyoti bilan nima sodir bo‘lganiga na Ukraina, na Rossiya tomoni to‘liq javob bera olmaydi.

"Afsuski, shuni aytish kerakki, hech bir tomon u yerda sodir bo‘lgan voqealarga to‘liq javob bera olmaydi. Rossiyaning pozisiyasi tushunarli, ular hamma narsada Ukrainani ayblashadi. Bunday pozisiya uchun tushunarsiz bo‘lgan bir qator faktlar mavjud. Bu, birinchi navbatda, ruslarning murdalar va qoldiqlar bilan qoplangan dalalarni ko‘rsatmaganliklarida. Ya’ni, vaziyat hali to‘liq aniq emas", — deya voqeaga izoh berdi Budanov.

Kiritildi: 17:40 28.01.2024. O'qildi: 1670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!