Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Ikki viloyatning jinoyatchilik ko‘p mahallalariga sobiq «uchastkavoy»lar jalb qilinishi mumkin

Ikki viloyatning jinoyatchilik ko‘p mahallalariga sobiq «uchastkavoy»lar jalb qilinishi mumkin

IIV Prezident topshirig‘i asosida Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida kriminogen vaziyati og‘ir mahallalar uchun ichki ishlar organlari profilaktika sohasida ko‘p yillik amaliy tajriba va samarali natijalarga ega pensionerlarni ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashga doir idoraviy buyruq loyihasini ishlab chiqdi.

Ushbu Nizom mazkur viloyatlarda pensioner IIB xodimlarini shartnoma asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilish tartibini belgilaydi.

Pensionerlar shartnoma asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga ixtiyoriy tartibda, ichki ishlar organlari tomonidan tanlov asosida jalb qilinadi.

Pensionerlarni huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilish chog‘ida tanlov Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi yoki Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbari tomonidan tasdiqlangan kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning ro‘yxatidan kelib chiqqan holda yilda kamida bir marta o‘tkazilishi mumkin.

Bunda har yil boshida tasdiqlangan kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning ro‘yxatidan kelib chiqqan holda huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilinishi lozim bo‘lgan pensionerlar soniga aniqlik kiritiladi.

Pensionerlarni shartnoma asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilish uchun tuziladigan shartnomalarning amal qilish muddati keyingi yil boshida kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning ro‘yxati tasdiqlanguniga qadar amal qiladi.

Shartnoma asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilingan pensionerlarga haq to‘lash taqdim etilgan dalolatnomalarga asosan ularga to‘lanayotgan pensiyasining 100 foizi miqdorda Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Kiritildi: 16:23 04.08.2025. O'qildi: 697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!