Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ikki viloyatdan 11 nafar bemor sog‘aydi

Ikki viloyatdan 11 nafar bemor sog‘aydi

 Namangan viloyatida 4 nafar, Samarqand viloyatida esa 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.

Shu tariqa Namangan viloyatida jami kasallik qayd etilganlar 260 nafar bo‘lib, endilikda shundan 251 nafari tuzaldi. Davolanayotganlar esa 5 nafarni tashkil etib, ushbu viloyat koronavirusdan xoli hudud bo‘lishga ancha yaqin turibdi.

Samarqand viloyatida esa jami kasallik aniqlanganlar 363 nafar bo‘lib, endilikda shundan 299 nafari sog‘aydi. Ayni paytda davonanayotganlar 62 nafarni tashkil etmoqda.

Shunday qilib, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar  soni 2919 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
 

Kiritildi: 11:43 03.06.2020. O'qildi: 2498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!