Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ikki viloyatda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Ikki viloyatda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy bo‘limlari, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent, Surxondaryo viloyatlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar tegishli tartibda qo‘lga olindi.

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Chinor” YPX maskanida Farg‘ona-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelgan “Epica” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganida, yo‘lovchi M.O. 37 dona “Regapen” va 2 dona “Tropikamid” nomli inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda eas “G.S.” xususiy korxonasiga qarashli dorixona sotuvchisi A.T. tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 3 ta kapsula “Omnadren” nolmi dori vositasini 120 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 850 dona “Karbamazepin” va 22 dona “Omnadren ” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 00:40 12.10.2024. O'qildi: 984 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!