Ikki O‘zbekiston fuqarosi moliyaviy daromad olish maqsadida AQShga noqonuniy muhojirlarni olib kirishda ayblanmoqda.
AQShlik advokat Devid Metkalf O‘zbekiston fuqarolar Behzod Rahmatov (30 yosh, Ogayo shtati Meynvil shahri) va Munis Xojiyev (31 yosh, Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahri)lar moddiy mablag‘ evaziga AQShga muhojirlarni olib kirishda ayblanib hibsga olingani va ayblov e’lon qilinganini ma’lum qildi. Ikkala ayblanuvchi ham qonuniy asoslarsiz bir kunda AQShga kirib kelishgan.
Ayblov xulosasiga ko‘ra, sudlanuvchilar dastlab bir tanishining mamlakatga noqonuniy kirib kelishiga ko‘maklashgan, shundan so‘ng ular AQShga noqonuniy ravishda kirishga intilgan boshqa chet el fuqarolari uchun undan yo‘llanma ola boshlagan.
Ayblov iddaosicha, 2022 yil dekabridan 2025 yilning mayigacha bo‘lgan davrda Rahmatov va Xojiyev Pensilvaniyaning Sharqiy okrugi ichida va undan tashqarida faoliyat yuritib, muhojirlarni turli davlatlar orqali AQSH-Meksika chegarasigacha olib o‘tish uchun boshqalar bilan hamkorlikda viza va pasport olishgan. Xizmatlari evaziga ular muhojirlarning o‘zlari yoki vakillaridan pul o‘tkazmalarini olishgan.
Ikki o‘zbekistonlik mazkur holatlarda aybdor deb topilsa, 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.
Ish ayni paytda FQB tomonidan tergov qilinmoqda va federal prokuror yordamchilari Deniyel Beytman va Everett Uiterell sudda ayblovni o‘qib eshittiradilar.