Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Ikki qavatli ko‘prik: Turkiyada «1915 Chanakkale osma ko‘prigi» bitay deb qoldi

A A A
Ikki qavatli ko‘prik: Turkiyada «1915 Chanakkale osma ko‘prigi» bitay deb qoldi

Turkiya Transport va infratuzilma vazirligining mega loyihalaridan biri bo‘lgan poydevori 2017 yil 18 mart kuni qo‘yilgan «1915 Chanakkale osma ko‘prigi» nihoyasiga yetay deb qoldi.

«Chanoqqal’a bo‘g‘ozining marjoni» deb ta’riflangan loyiha uchun Osiyo tomonidagi Lapseki Şekerkaya va Yevropa tomonidagi Gelibolu Sütlüce'dagi qurilish maydonlarida 559 nafar muhandis, 4 062 nafar xodim va 550 ta qurilish mashinasi hamda Transport va infratuzilma vazirligi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi mutasaddilari ishlamoqda.

Loyiha doirasida osma ko‘prik, ikkita yondosh viyaduk, ikkita temir-beton yo‘lak, 6 ta yerosti o‘tkazgich ko‘prigi, 6 ta gidroko‘prik, 43 ta yerusti o‘tish yo‘li, 40 ta yerosti o‘tish yo‘lagi, 236 ta turli o‘lchamdagi suv o‘tkazgichlar, 12 ta chorrahalar, 4 ta avtomobil yo‘llariga xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, 2 ta texnik xizmat ko‘rsatish markazlari va 5 ta yo‘l haqi yig‘ish stansiyasi qurildi.

Osma ko‘prik va avtomagistral yo‘nalishida qurilish ishlari davom etmoqda. 1915 Chanakkale ko‘prigi minora kessonlari joylashgan joyda dengiz tubini chuqurlashtirish ishlari yakunlandi. Minora kesson poydevorlari joylashgan hududda dengiz tubida tuproqni yaxshilash uchun diametri 2,5 metr bo‘lgan 368 ta po‘lat qoziqlar o‘rnatildi. Bularning 165 tasi Osiyo minorasida va 203 tasi Yevropa tomoniga o‘rnatildi.

Xususiyatlari tufayli «ramzlar ko‘prigi» sifatida tanilgan va muhandislik detallari bilan ajralib turadigan hamda 2023 metrlik dunyoning eng uzun ko‘prigi — 1915 Chanakkale ko‘prik loyihasi Turkiya Respublikasi tashkil topganining 100 yilligi munosabati bilan ishlab chiqilgan.

Turkiya Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailog‘luning so‘zlariga ko‘ra Chanakkale marjonini olishiga sanoqli kunlar qoldi.

«Loyiha tugagach, 2000 metrlik o‘rta masofali ikki qavatli qurilgan ushbu ko‘prik dunyodagi birinchi ko‘prik o‘laroq tarixga kiradi» dedi vazir.

Nizomjon Islomov tayyorladi.

Kiritildi: 19:20 17.02.2022. O'qildi: 5673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!