Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ikki nafar o‘zbekistonlik katta miqdorda tilla buyumlarini Hindistonga noqonuniy yo‘l bilan olib kirishga urinayotganda ushlandi

A A A
Ikki nafar o‘zbekistonlik katta miqdorda tilla buyumlarini Hindistonga noqonuniy yo‘l bilan olib kirishga urinayotganda ushlandi

Toshkent-Dehli samolyotida uchib kelgan ikki nafar o‘zbekistonlik fuqaro katta miqdorda tilla buyumlarini Hindiston hududiga noqonuniy yo‘l bilan olib kirishga urinayotganda qo‘lga olingan, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Hozir ularga nisbatan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu O‘zbekiston fuqarolari Dehliga tijorat maqsadlarida muntazam tarzda kelib turgan.

Mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasi tomonidan fuqarolarimiz bilan bog‘liq surishtiruv jarayoni nazoratga olingan va Hindistonning mas’ul huquq-tartibot idoralari bilan ishchi aloqalar o‘rnatilgan. Shuningdek, vaqtincha hibsga olingan vatandoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.

Diplomatik missiya vatandoshlarimizdan xorijga, jumladan, Hindistonga safar qilish chog‘ida chet davlatlar qonunchiligi talablariga qat’iy rioya qilishga, turli shubhali guruhlar yoki shaxslarning yolg‘on va’dalariga aldanib qolmaslikka chaqiradi.

Kiritildi: 19:11 14.06.2023. O'qildi: 1678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!