Moskvada bir hafta davom etgan “Nolegal-2024” amaliyotining ikkinchi bosqichi yakunida 2 mingdan ortiq muhojir Rossiyadan chiqarib yuboriladi, deb xabar tarqatdi poytaxt meriyasi matbuot xizmati Ichki ishlar vazirligi Bosh boshqarmasi ma’lumotiga tayanib. Shuningdek, migrasiya sohasidagi jinoyatlar bo‘yicha 420 jinoiy ish qo‘zg‘atilgani ham aytilgan.
Tadbir doirasida polisiya xodimlari tomonidan migrasiya qonunchiligi 13 ming martadan ko‘proq buzilgani aniqlangan.