Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Ikki mingdan ortiq noqonuniy muhojir Rossiyadan chiqarib yuboriladi

Ikki mingdan ortiq noqonuniy muhojir Rossiyadan chiqarib yuboriladi

Moskvada bir hafta davom etgan «Nolegal-2024» operasiyasining ikkinchi bosqichi yakunlariga ko‘ra, 2 mingdan ortiq muhojir Rossiyadan chiqarib yuboriladi, deb yozadi «RIA Novosti» Rossiya Ichki ishlar vazirligiga tayanib.

Tadbir doirasida Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva shahridagi Bosh boshqarmasi polisiya xodimlari tomonidan migrasiya qonunchiligining 13 mingdan ortiq buzilishi aniqlangan.

«Ma’muriy materiallarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra adliya organlari chet el fuqarolarini Rossiya Federasiyasi hududidan ma’muriy ravishda chiqarib yuborish to‘g‘risida ikki mingdan ortiq qaror qabul qildi, chet el fuqarolarini deportasiya qilish to‘g‘risida 20 ta qaror, 12 tasi deportasiya qilindi», — deyiladi polisiya matbuot xizmati xabarida. dedi.

Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining noqonuniy migrasiyani tashkil etish moddalari bo‘yicha 420 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 01:10 18.10.2024. O'qildi: 1296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!