Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Ikki farzandini dunyoga keltirgan ayol bir umrga kal bo‘lib qoldi

A A A
Ikki farzandini dunyoga keltirgan ayol bir umrga kal bo‘lib qoldi

Buyuk Britaniyaning Margit shahrida istiqomat qiluvchi ayol ikki farzandi tug‘ilgandan so‘ng, butunlay kal bo‘lib qoldi

Bu haqda The Sun xabar bermoqda. Britaniyalik ayolning aytishicha, uning sochlari 2016 yil mart oyida birinchi farzandi tug‘ilganidan olti oy keyin to‘kila boshlagan.

Biroz vaqt o‘tgach, bu holat to‘xtagan, ammo 2017 yilda ikkinchi farzandi tug‘ilgandan keyin uning holati yomonlasha boshlagan.

Shunday qilib, o‘tgan yilning avgustiga kelib, ikki farzandning onasi butunlay sochsiz qolgan. Kamiga kipriklari, qoshlari va tanasidagi barcha tuklari ham to‘kilib ketgan.

Ayol hozirda soxta kirpiklardan foydalanib, qoshlarni tatuirovka qildirib yuribdi.

Shifokorlarnig ta’kidlashlashicha, ayoldagi xastalik alopesiya bo‘lib, bu holatda sochlar, qosh va kipriklar ham qayta o‘sib chiqmaydi.

Kiritildi: 06:04 15.03.2019. O'qildi: 4630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!