Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Ikki dron Ukrainaning muhim infratuzilma ob’ektiga zarba berdi

Ikki dron Ukrainaning muhim infratuzilma ob’ektiga zarba berdi

Ikki dron Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati Novomoskovsk shahridagi muhim infratuzilma ob’ektiga zarba berdi

"Hujum qilingan ob’ekt jiddiy zarar ko‘rgan. Shuningdek, 17 mart kuni kechqurun ruslar tomonidan uchirilgan yana uchta dron urib tushirildi" — deya ma’lum qildi viloyat harbiy administrasiyasi rahbari Sergey Lisak.

Zaporojyeda rus raketasi umumiy ovqatlanish ob’ektini vayron qildi. Yaqin atrofdagi turar-joy binolaridagi portlash to‘lqini derazalar, tomlar va fasadlarga zarar yetkazgan. Hech kim jabrlanmadi, deb yozdi mahalliy shahar kengashi kotibi Anatoliy Kurtev Telegram sahifasida.

O‘z navbatida, Kiyev rasmiylari bir kun avval Ukraina poytaxtiga hujum qilgan barcha kamikadze dronlari yo‘q qilinganini, qurbonlar va vayronalar yo‘q ekanligini ma’lum qildi.

Kiritildi: 12:08 18.03.2023. O'qildi: 2209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!