Bugun 16 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ijtimoiy toifadagi abituriyentlarga qo‘shimcha grant ajratiladi

Ijtimoiy toifadagi abituriyentlarga qo‘shimcha grant ajratiladi

Mazkur imtiyoz abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga hamda ushbu ta’lim yo‘nalishiga kirishda Davlat komissiyasi tomonidan davlat grantiga belgilangan minimal o‘tish bali va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ajratilgan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan 10 foizgacha bo‘lgan miqdorda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan belgilanadigan toifadagi abituriyentlar (keyingi o‘rinlarda — belgilangan toifadagi abituriyentlar) uchun davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul parametrlari ajratiladi.

Bunda muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat grantiga o‘tish balining 80 foizi va undan yuqori ball to‘plagan belgilangan toifadagi abituriyentlar ajratilgan davlat granti asosidagi qabul parametrlari doirasida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda talabalikka tavsiya etiladi.

Kiritildi: 05:22 15.03.2025. O'qildi: 460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!