Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ijtimoiy tarmoq orqali tovlamachilik qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

A A A
Ijtimoiy tarmoq orqali tovlamachilik qilmoqchi bo‘lgan  fuqarolar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi U.B., ariza bilan murojaat qilib, ijtimoiy tarmoqlarda unga nisbatan uydirma va bo‘hton ma’lumotlar berilgan turli xil video va foto tasvirlar tarqatilayotganligini bildirib, telegram messenjerida noma’lum akkaunt foydalanuvchisi unga murojaat qilib, ushbu ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlash evaziga 8.000.000 so‘m talab qilayotganligini ma’lum qilib, noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, tovlamachilik bilan pullarni o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan shaxslar Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi, 1985 y.t. M.R. va 1947 y.t. N.S. ekanligi aniqlangan.

M.R. va N.S. talab qilingan pullarni fuqaro U.B.dan qabul qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinib, tezkor-tadbir ishtirokchilari tomonidan hujjatlashtirilgan.

M.R. va N.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilgan.

Kiritildi: 18:09 09.02.2023. O'qildi: 1709 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!