Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

IIV: voyaga yetgan kvadroberlar 15 sutkagacha qamalishi mumkin

IIV: voyaga yetgan kvadroberlar 15 sutkagacha qamalishi mumkin

Ichki i shlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti 18 yoshdan oshgan shaxslar tomonidan sodir etilgan kvadroberlik harakatlari mayda bezorilik sifatida kvalifikasiya qilinishi va voyaga yetgan kvadroberlar 15 sutkagacha qamalishi mumkinligini ma’lum qildi.

Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati ma’lum qildi.

Yuqorida keltirilgan harakatlar bilan fuqarolarga haqoratli muomala qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ish ochishga sabab bo‘ladi.

Ushbu modda bilan ayblangan shaxslar BXMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda (1 125 000 so‘mdan 1 875 000 so‘mgacha) jarimaga tortilishi yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olinishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan, voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi BHMning 5 barobarigacha (1 million 875 ming so‘mgacha) jarimaga tortishga sabab bo‘ladi.

Kiritildi: 15:30 23.10.2024. O'qildi: 564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!