Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

IIV telefonida pornografik video va foto ko‘rganlarga 200 ming so‘m jarima solyaptimi?

IIV telefonida pornografik video va foto ko‘rganlarga 200 ming so‘m jarima solyaptimi?

So‘nggi kunlarda telefonida poronografik xarakterdagi foto va video ko‘rganlarga “O‘zbekiston Respublikasi IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurash bo‘limidan bildirishnoma” sarlavhasi ostida xabar kelmoqda. Unda “Webmoney” elektron to‘lov tizimi orqali davlat hisobiga 200 ming, ba’zi hollarda 300 ming so‘m jarima to‘lashi kerakligi haqida xabarlar kelmoqda. 

Ushbu holat yuzasidan IIV matbuot xizmati rasmiy izoh berdi. Ma’lum bo‘lishicha IIVda Kiberjinoyatlarga qarshi kurash bo‘limining o‘zi mavjud emas. Unday smslar firibgarlar tomonidan yuborilmoqda. Shuningdek, “Webmoney” to‘lov tizimida IIVning hech qanday hamyoni mavjud emas. 

Shulardan kelib chiqib vazirlik fuqarolardan bunday firibgarlarga aldanib qolmaslikni tavsiya qilib, holat bo‘yicha hozirda surishtiruv ishlari olib borilayotganligi ta’kidlandi.

Kiritildi: 11:10 26.02.2020. O'qildi: 12364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!