Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

IIV: tarmoqlarda videosi tarqalgan «01 001 VIP» avtoraqami haqiqiymi?

IIV: tarmoqlarda videosi tarqalgan «01 001 VIP» avtoraqami haqiqiymi?

Ijtimoiy tarmoqlarda «01 001 VIP» davlat raqam belgisi bilan bog‘liq videotasvir tarqaldi. O‘zbekiston IIV YHXBB matbuot xizmati ushbu raqam yuzasidan ma’lumot berdi.

«Avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ‘Uzavtomotobelgi’ davlat unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videotasvirdagi 01 001 VIP ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi ‘Uzavtomotobelgi’ davlat unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqarilmaganligini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti (O‘zDSt 640:2014) talablari asosida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgilari ishlab chiqarilishida ‘I’ harfi ishlatilmasligini bildirib o‘tamiz», — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, davlat raqam belgilarini qo‘lbola usullarda yasash va ulardan foydalanish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikni yuzaga keltiradi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 125-moddasi 6-qismiga asosan Davlat raqam belgisi yasama yoki o‘zga usullarda o‘zgartirilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli bo‘lmagan transport vositasini boshqarish —bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kiritildi: 15:12 05.11.2019. O'qildi: 3649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!