Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

IIV orqa yon oynalarga parda tutilishini taqiqlamoqchi

IIV orqa yon oynalarga parda tutilishini taqiqlamoqchi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yengil avtomobillar orqa yon oynalariga parda va boshqa buyumlardan foydalanish borasidagi bahs-munozaralarga barham berish niyatida. IIV muhokama uchun e’lon qilgan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi hujjat loyihasi xalq tomonidan aynan shunday tushunildi.

MJTKning 126-moddasidagi «haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish» qismidagi «haydovchining o‘rnidan» jumlasini olib tashlash taklif etilmoqda.

Hozirgi holatda: «Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno…»

Taklif etilayotgan talqin: «Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon oynali, tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, xuddi shuningdek transport vositalarining orqa yoki old yon oynalarini tegishli ruxsatnomasiz tusini o‘zgartirish (qoraytirish)…»

Ushbu talab buzilgani uchun jazo miqdorini ham qayta ko‘rib chiqish taklif etilmoqda. Birinchi marta qonun buzilgani uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida (2,23 mln so‘m, joriy yil may oyidan — EKIHning 25 baravari). Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari (3,345 mln so‘m, hozirda — EKIHning 40 baravari) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Transport vositalarining orqa va old yon oynalarini tegishli ruxsatnomasiz tusini o‘zgartirish (qoraytirish), -BHMning 50 baravari (11,15 mln so‘m), qonunbuzarlik yil davomida takrorlansa — BHMning 70 baravari (15,61 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kiritildi: 11:22 04.10.2019. O'qildi: 2668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!