Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

IIV koreyalik "ishbilarmondan" jabr ko‘rgan fuqarolarni qidirmoqda

IIV koreyalik "ishbilarmondan" jabr ko‘rgan fuqarolarni qidirmoqda

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Koreya Respublikasi fuqarosi harakatlaridan jabr ko‘rgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi.

Ilgariroq, "Korean and Migration xususiy bandlik agentligi" MCHJ rahbarlariga nisbatan IIV qoshidagi Tergov departamenti tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi.

Xususan, "Korean and Migration xususiy bandlik agentligi" xorijda ishga joylashtirishga ko‘maklashish niqobi ostida tashkil etilib, jamiyatga murojaat qilgan 645 nafardan ziyod fuqarolarning har biridan 27 million so‘mdan 32 million so‘mgacha - jami 12 milliard so‘mdan ortiq pulni qo‘lga kiritgan va ushbu mablag‘lar MCHJ rahbarlari tomonidan shaxsiy manfaatlar yo‘lida sarflab yuborilgan.

Ayni vaqtda Koreya Respublikasi fuqarosi Kang Namkyu ushbu jinoiy ishda gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan.

IIV Koreya fuqarosidan jabr ko‘rgan shaxslar bo‘lsa, Tergov departamentining quyida keltirilgan telefon raqamlari orqali murojaat qilishni so‘ramoqda: (71) 231-31-98, (71) 231-36-22, (71) 233-65-34.

Kiritildi: 20:48 08.11.2019. O'qildi: 2532 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!