Bugun 21 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

III Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston – 2030 strategiyasi” forumi bo‘lib o‘tdi

III Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston – 2030 strategiyasi” forumi bo‘lib o‘tdi

2024 yil 17-18 oktyabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tgan mazkur nufuzli tadbirda 10 ortiq mamlakatdan 20 dan oshiq xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Forumning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasihuzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti kabi tashkilotlar rahbarlari va oliy ta’lim hamda ilmiy tadqiqot muassasalari rahbarlari qatnashdi. Buyuk Britaniya, Xitoy, Turkiya, AQSH, Malayziya, Janubiy Koreya, Rossiya Federasiyasi, Indoneziya, Chexiya, Avstriya, Gresiya va Hindiston kabi davlatlardan tashrif buyurgan sohaning nufuzli ekspertlari, shuningdek, yurtimizning iqtisodchi olimlari, professor-o‘qituvchilari o‘zlarining amaliy tadqiqotlarga asoslangan ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

III Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston – 2030 strategiyasi” forumi bo‘lib o‘tdi

III Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston – 2030 strategiyasi” forumi bo‘lib o‘tdi

III Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston – 2030 strategiyasi” forumi bo‘lib o‘tdi

III Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston – 2030 strategiyasi” forumi bo‘lib o‘tdiIII Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston – 2030 strategiyasi” forumi bo‘lib o‘tdiIII Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston – 2030 strategiyasi” forumi bo‘lib o‘tdi

– Tashkil etilgan xalqaro Forum aynan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining “Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash” nomli ikkinchi yo‘nalishi - makroiqtisodiy barqarorlik, sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish, mamlakatimizning investisiyaviy jozibadorligini yanada oshirish, iqtisodiyot soha va tarmoqlarida xalqaro standartlarni joriy etish, bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirgan holda mamlakatni mintaqaviy “ IT-HUB”ga aylantirish kabi masalalarga qaratilgan bo‘lib, ishtirok etgan xorijiy olimlar va amaliyotchilar ushbu masalaga alohida to‘xtaldi, o‘z e’tiroflari, ilmiy izlanish natijalari va tahlillari bilan o‘rtoqlashdi, – deya ta’kidlab o‘tdi TDIU Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori Gulnora Abduraxmanova.

Forum doirasida “Raqamli iqtisodiyot sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash yo‘nalishlari”, “Yashil buxgalteriya hisobi va raqamlashtirish barqaror iqtisodiy rivojlanishning eng yangi vektorlari sifatida”, “Markaziy Osiyo 2030 – mintaqaviy integrasiya va bog‘liqliklarning strategik kelajagi” (Xalqaro Vestminster Universiteti bilan hamkorlikda) kabi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi. Ta’kidlash kerakki, mazkur konferensiyalar yurtimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 9 sentyabrdagi “O‘zbekiston – 2030” Strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli farmonlari ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi. Konferensiyalarda makroiqtisodiy barqarorlik, inson kapitali va aholi farovonligi, munosib bandlik, jahon iqtisodiyoti, gender tenglik, Sanoat 4.0, xalqaro biznes va xalqaro turizm, ijtimoiy tenglik, raqamli iqtisodiyot, raqamli hukumat, raqamli transformasiya, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar, iqtisodni miqdoriy o‘lchash, yashil buxgalteriya hisobi va raqamlashtirish barqaror iqtisodiy rivojlanishning eng yangi vektorlari sifatida kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.

Qayd etish kerakki, xorijiy mehmonlar O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarni yuqori baholab, yurtimiz iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha fikr va takliflarini bildirib o‘tdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilayotgan “III Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston – 2030 strategiyasi” forumi juda ham muhim ahamiyatga ega. Chunki bu forum doirasida milliy va xorijiy ekspertlar tomonidan muhokama qilinadigan masalalar iqtisodiyotining turli xil sektorlarida rivojlantirishida juda muhim hisoblanadi, – deya fikr bildirib o‘tdi Irlandiyaning Dublin City universiteti professori Abel Polese.

– So‘nggi yillarda mamlakatda iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi, bu esa investisiyalarni jalb qilish va diversifikasiyani oshirishga yordam berdi. Qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmatlar sektorlarida o‘sish kuzatilmoqda. Shuningdek, xalqaro aloqalar va savdo ham kengaymoqda. Bu o‘zgarishlar mamlakatning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga va yashash darajasini oshirishga xizmat qilmoqda. Forum davomida hamkasblarimiz tomonidan iqtisodiyotni yanada rivojlantirish borasida bir qator taklif va loyihalar taqdim etildi. Umid qilamizki, yaqin 5 yil ichida O‘zbekiston iqtisodiyoti yanada rivojlanib, mavjud muammolar bartaraf etiladi, – deydi Gresiyaning Tessaloniki Aristotel universiteti professori doktor Vasiliya Kazamiya.

Bunda tashqari, Forum doirasida “Yuksak intellektual yoshlar hamdo‘stligi – kelajak iqtisodiyot poydevori” talabalar xalqaro festivali o‘tkazildi. Yoshlar o‘zlarining qobiliyatlarini turli yo‘nalishlarda ko‘rsata olishlari uchun ushbu festival bir nechta fan olimpiada, startap va loyihalar tanlovlarni qamrab oldi. Xususan, Matematika, Ingliz tillari fanidan olimpiada, “Innovasion Yevroosiyo” mavzusida ilmiy intellektual o‘yin, “Korporativ boshqaruv, biznes barqarorligi va rivojlanish loyihalari” mavzusidagi yosh olimlar va talabalarning ilmiy tadqiqot loyihalari tanlovi, “O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi: mavjud muammo va istiqbolli imkoniyatlar” mavzusida maqolalar tanlovi, “Tadbirkorlik fabrikasi” mavzusida yoshlar o‘rtasida loyihalar tanlovi, “Fintech kelajagi biz bilan” startap loyihalar tanlovi shular jumlasidandir. Festival davomida yoshlar iqtisodiyotning turli sohalarida bilim va malakalarini ko‘rsatish imkoniyatiga, xususan, “Fintech kelajagi biz bilan” startap loyihalar tanlovida ishtirokchilar o‘z loyihalarini taqdim etish jarayonida tajribali investorlar, soha mutaxassislari va mentorlar bilan o‘zaro muloqotda bo‘lib, ularning amaliy tavsiyalarini olish imkoniga ega bo‘lishdi.

Ikki kun davomida bo‘lib o‘tgan Forumda mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar bildirildi hamda akademik faoliyat, ilmiy tadqiqot, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlaridagi so‘nggi tendensiyalar, sanoat trendlari, bank-moliya, davlat xizmati, korporativ boshqaruv kabi sohalarning rahbarlari va amaliyotchilari ishtirokida ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun aytish kerakki, joriy yilning dekabr oyida forum doirasidagi 2 ta konferensiya Marokash shahrida sayyor tarzida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 12:39 20.10.2024. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!