Ertaga "So‘nggi qo‘ng‘iroq" sabab maktab oldi hududlarga mashinalar kiritilmaydi.
IIBB ma’lumotiga ko‘ra, 24 may kuni soat 08:00 dan 10:00 gacha “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari butun respublika bo‘ylab 10 mingdan ortiq maktabda keng nishonlanadi.
Shu munosabat bilan maktab atrofidagi yo‘llarda mashina harakati vaqtincha cheklanadi.
Qayd etilishicha, tadbirlar xavfsizligini ta’minlash uchun 27 mingdan ortiq huquqni muhofaza qiluvchi va harbiy xizmatchilar jalb etilgan.