Bugun 14 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

IIB xodimining mast holida YTH sodir etgani aytilgan voqeaga munosabat berildi

IIB xodimining mast holida YTH sodir etgani aytilgan voqeaga munosabat berildi

Bir muddat oldin Andijon viloyatida profilaktika inspektorining mast holatda avtomobil boshqarib, yo‘lning qarma-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgani va oqibatda YTH sodir etgani aytilgan edi.

Viloyat IIB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berib, hodisa joriy yilning 9 noyabr kuni soat 18:30larda ilgari Shahrixon tumani IIBda profilaktika katta inspektori lavozimida ishlagan, Andijon viloyati IIBning 2025 yil 7 noyabrdagi shaxsiy tarkib bo‘yicha tegishli buyrug‘iga asosan ichki ishlar organlari tizimidan qurolli kuchlar zahirasiga bo‘shatilgan S.A. bilan sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, u o‘ziga tegishli «Neksiya-3» rusumli avtomashinasini Shahrixon tumani, Nazarmaxram MFY o‘ramidan o‘tgan mahalliy transport qatnov yo‘lida «Shahrixon» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, ushbu yo‘nalishda harakatlanayotgan skuterchi haydovchi 1972 yilda tug‘ilgan J.M.ni avtomashinaning old chap burchagi bilan urib yuborgan.

Buning oqibatida fuqaro J.M. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa sababli avtomashina va skuter texnik shikastlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Viloyat IIBning rasmiy axborotida YTHni keltirib chiqargan xodimning mast holatida bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: Bugun 14:50. O'qildi: 427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!