Joriy yilning 5-9 noyabr kunlari Qozog‘istonning Turkiston shahrida II Turkiy davlatlar universiadasi o‘yinlari o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston delegasiyasi 15 ta oltin, 11 ta kumush va 10 ta bronza, jami 36 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Bugun musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan delegasiyamiz tantanali kutib olindi. Tadbirda Shahrullo Mahmudov boshchiligidagi Yoshlar siyosati va sport vazirligining mutasaddilari, federasiyalar mas’ullari ishtirok etishdi. SH.Mahmudov talaba sportchilarimizni erishgan g‘alabalari bilan qutlab, ularga kelgusi faoliyatlarida ham ulkan zafarlar tiladi.