Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorining markaziy qismida yer osti qurol-aslaha ustaxonasi, shuningdek, Falastinning XAMAS harakatining to‘rt nafar a’zosi tugatilganini e’lon qildi.
“Report” xabariga ko‘ra , bu haqda armiyaning Telegram-kanalidagi xabarida aytilgan.
“Bugun tongda Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektori markazidagi Dayr al-Balohda mashinada to‘rtta qurollangan XAMAS terrorchisiga aniq va razvedka ma’lumotlari asosida zarba berdi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, ayni hududda askarlar HAMASning qurol ishlab chiqarish ob’ekti joylashgan yer osti tunnel yo‘lini aniqlab, demontaj qilgani qayd etilgan. Majmuada bir nechta stanoklar, shuningdek, ishlov berish va kesish dastgohlari va harbiy texnikalar bo‘lgani aytiladi.