Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Ichki ishlar xodimlari malakasini oshirish – xalq ishonchini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam

Ichki ishlar xodimlari malakasini oshirish – xalq ishonchini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida ichki ishlar organlari xodimlari uchun maxsus o‘quv kurslari boshlandi.

Uch kunlik mashg‘ulotlar xodimlarning aholi bilan samarali muloqot qilish, murojaatlarni tizimli hal etish, shuningdek kasbiy va psixologik tayyorgarligini oshirishga qaratilgan.

Dastur doirasida tinglovchilar fuqarolar bilan ishlashning zamonaviy yondashuvlari, huquqbuzarliklarning oldini olish, tergov jarayonlarida qonuniylikni ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini o‘rganmoqda.

Mashg‘ulotlarga davlat organlari, sud-huquq tizimi vakillari, ekspertlar va malakali professor-o‘qituvchilar jalb etilgan. Ta’lim jarayoni real keyslar va simulyasion vaziyatlar asosida tashkil etilib, tinglovchilarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur tashabbus ichki ishlar organlari faoliyatida ochiqlik va samaradorlikni oshirish, eng muhimi — fuqarolar ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Kiritildi: Bugun 10:41. O'qildi: 316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!