Gruziya parlamenti yaqinidagi miting yig‘inlar va namoyishlar haqidagi qonun doirasidan tashqariga chiqdi.
Bu haqda Gruziya ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
“Rustaveli prospektida davom etayotgan norozilik aksiyasida, avvalgi kunlarda bo‘lgani kabi, tez orada agressiv guruh a’zolari polisiyaga qarata turli buyumlar, toshlar, shisha butilkalar va pirotexnika vositalarini uloqtirgani ko‘zga tashlandi" - deyiladi bayonotda.