Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan “uddaburonlar” qo‘lga tushdi

Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan “uddaburonlar” qo‘lga tushdi

Toshkent shahar Adliya boshqarmasida oddiy aloqa operatori lavozimida ishlab kelgan, 1992 yil Urganch shahrida tug‘ilgan shaxs Xonqa tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni o‘zining mansabdor yaqin tanishlari orqali ichki ishlar organlariga mo‘may pul evaziga oson ishga kiritib qo‘yishni va’da qiladi. Qolaversa, bu “uddaburon” shaxs lavozimlarning mavqei va mansabiga qarab o‘zicha narx ham belgilab, oddiy askarlar tarkibidagi lavozimlarga kiritib qo‘yish uchun 1500 AQSh dollari, ofiserlar tarkibidagi lavozimlarga ishga qabul qilish uchun esa 2000 AQSh dollari talab qilgan.

DXX Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “uddaburon” adliya xodimi vositachi orqali 1900 AQSh dollari va 1 mln. 295 ming so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan boshqa bir tezkor tadbirda esa Milliy Gvardiyaning Qo‘riqlash boshqarmasi Qarshi shahar bo‘limi xodimi Koson tumanida yashovchi bir fuqaroni o‘zining mansabdor tanishlari orqali viloyat IIBga ishga kiritib qo‘yish evaziga 2000 AQSh dollari olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Qilmish qidirmish deganlaridek, hozirda har ikkala holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:45 26.05.2025. O'qildi: 508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!