Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Ichak infeksiyalari xastaliklaridan qanday davolanish va saqlanish mumkin?

Ichak infeksiyalari xastaliklaridan qanday davolanish va saqlanish mumkin?

☀️ Har bir mavsumning o‘z kasalliklari bor, desak xato bo‘lmaydi. Masalan, yoz oylarida ichak infeksiyalari bois kelib chiqadigan dizenteriya, salmonellyoz, rotavirus hamda oftob urishi va teri kasalliklari ko‘proq kuzatiladi.

🔬 Ular orasida eng ko‘p uchraydiganlari ichak infeksiyalaridir. Xo‘sh, bu xastaliklar qaysi belgilar orqali namoyon bo‘ladi, asosan necha yoshdagi insonlarda kuzatiladi va oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

💬 — Ichak infeksiyalari sabab kelib chiqadigan dizenteriya, salmonellyoz, rotavirus oshqozon-ichakni zararlaydigan yuqumli kasalliklar hisoblanadi,— deydi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Botir Tojiyev. — Ular turli mikroblar — bakteriya va viruslar ta’sirida paydo bo‘ladi.

📌 Bunday kasalliklardan bolalar, qariyalar, immuniteti past hamda gigiyena qoidalariga amal qilmaydigan insonlar ko‘proq aziyat chekadi.

🩺 Kezi kelganda simptomlar haqida kengroq to‘xtalsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi:

1⃣-belgi — ich ketishi:

👉 dizenteriyada qon va shilimshiq aralashgan suyuqlik ketishi kuzatiladi;

👉 salmonellyozda suvli ich ketishi bilan birga, isitma va qayt qilish ham bo‘lishi mumkin;

👉 rotavirusda suvli, ko‘pikli ich ketishi va qusish holatlari kuzatiladi.

2⃣-belgi — qayt qilish:

👉 ko‘ngil ayniydi;

👉 bemor tez-tez qusadi.

3⃣-belgi bemorlarda isitma va holsizlanish yaqqol sezilib turadi.

🔎 Bunday kasalliklardan davolanish va ulardan saqlanish yo‘llarini ham bilish nihoyatda muhim.
🚑 Eng avvalo, bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatilishi talab etiladi. Ya’ni shifokor ko‘rigi zarur. Negaki, bolalarda suvsizlanish xavfi ancha yuqori bo‘ladi.

🫗 Bu holatda ko‘proq suyuqlik ichish tavsiya qilinadi. Chunki, ko‘p suyuqlik ichish (suv, choy, maxsus regidratasiya eritmalari) juda muhim sanaladi.

🥙 Parhezga amal qilish — oson hazm bo‘ladigan ovqatlarni tanovul etish ham foydali hisoblanadi.

💊 Antibiotiklarni esa faqat shifokor tavsiyasi bilan qo‘llashni umuman esdan chiqarmaslik zarur.

🧴 Bu holatda gigiyena qoidalariga amal qilish — qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvish, oziq-ovqat mahsulotlarini toza saqlash ham foyda keltiradi.

🫖 Qolaversa, toza suvdan foydalanish va uni qaynatib ichish hamda ovqatni yaxshilab pishirish ham qo‘l keladi.

💉 Ushbu kasalliklarga qarshi emlashga keladigan bo‘lsak, faqat rotavirus bo‘yicha shunday amaliyot mavjud, xolos.

‼️ Umuman, ichak infeksiyalari kasalliklari kuzatilgan holatlarda, albatta, shifokorga murojaat qilish eng to‘g‘ri yo‘ldir.

Kiritildi: 22:05 16.08.2025. O'qildi: 840 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!