«Milan» klubi safida Italiya A Seriyasida peshqadam bo‘lib turgan 39 yoshli Zlatan Ibrahimovich yozda faoliyatini yakunlamoqchi bo‘lganini yashirmadi.
«Bosh murabbiy Stefano Pioli faoliyatimni davom ettirish borasida so‘raganida, unga «Faoliyatimni davom ettirmoqchi emasman. Yetarli! Men uchun oilam muhim, bu yerda esa men bir o‘zim yashayapman», - degandim. Chunki bu yerda yarim mavsum shunday yashashim mumkin edi, ammo yana bir yil oilamdan uzoq yashash rejamda yo‘q edi.
Pioli esa: «Yaxshi, qaroringni hurmat qilaman. Shunday bo‘la qolsin», dedi. Bir kun o‘tib ham u bilan gaplashganimda qarorim qat’iyligini takrorlagandim.
Ammo keyinchalik nimadir o‘zgarib ketdi. Vaqt o‘tib afsuslanishni istamadim. «Milan»ga qo‘ng‘iroq qilib, 2020/21 yilgi mavsumda ham faoliyatimni davom ettirishimni aytdim. Aslida, futbolchilik faoliyatimni yakunlash haqida «Manchester Yunayted»dayoq o‘ylagandim. O‘shanda 35-36 yoshda edim», - deydi Sky Sport Italia.
Ma’lumot uchun, Ibrahimovich A Seriya 9-turidan keyin 10ta gol bilan chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.