Bugun 29 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Hyundai va Kia kompaniyalari 208 000 dan ortiq elektromobillarni chaqirib olayotganini e’lon qildi

Hyundai va Kia kompaniyalari 208 000 dan ortiq elektromobillarni chaqirib olayotganini e’lon qildi

Bunga sabab ulardagi texnik muammo ekanligi aytilmoqda. Qayd etilishicha, ishlab chiqarishda yuzaga chiqqan xato tufayli privod kuchining yo‘qotilishiga olib kelishi, bu esa favqulodda holatlar xavfini oshirishi mumkin.

Hozircha, xabarlarga ko‘ra, bunday holatlar qayd etilmagan, ular faqat nazariy jihatdan sodir bo‘lishi mumkin. Shu sababli, qaytarib olish kampaniyasi ro‘yxatiga kiritilgan avtomobil egalari yuqoridagi markalarning rasmiy dilerlik markazlariga tashrif buyurishga taklif qilinmoqda. Ro‘yxatga quyidagi modellar kiritilgan: Hyundai Ioniq 5 2022 - 2024, Hyundai Ioniq 6 2023 - 2025, Genesis GV60, GV70 va G80 2023 - 2024 va Kia EV6 2022 - 2024.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Tesla kompaniyasi ham Xitoydan 1,6 milliondan, AQShdan esa 1,8 milliondan ortiq elektromobilni chaqirib olishini e’lon qilgan edi. Undagi muammoga ko‘ra, elektromobillarda dasturiy ta’minotning nosozligi xavfi tufayli oldingi yukxona to‘satdan ochilishi va haydovchining ko‘rish rakursini yopishi mumkin bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 05:07. O'qildi: 321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!