Bugun 3 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Hutiy hukumatining kamida 10 a’zosi Isroil hujumi oqibatida halok bo‘ldi

Hutiy hukumatining kamida 10 a’zosi Isroil hujumi oqibatida halok bo‘ldi

Yamanning “Ansor Alloh” harakatidan hutiy isyonchilar tomonidan tuzilgan hukumatning kamida 10 nafar a’zosi payshanba kuni San’a shahrida Isroil havo hujumi oqibatida halok bo‘ldi.

Bu haqda Yaman harakatidagi manba ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Isroil operasiyasi qurbonlari orasida bosh vazir o‘rinbosari Jalol ar-Ruvayshhon, tashqi ishlar vaziri Jamol Amer, axborot vaziri Hoshem Sharafaddin, mahalliy hukumat vaziri Muhammad al-Madaniy, iqtisod vaziri Muin al-Mahakri, adliya vaziri Mujohid Ahmad, transport vaziri Muhammad Kahim, mehnat vaziri Mohammed Kahim, ta’lim vaziri Samir Bahameds va sport vaziri Samir Bahammedlar bor.

Avvalroq “Ansor Alloh” harakati hutiylar tomonidan tuzilgan hukumat rahbari Ahmad G‘olib ar-Rahaviy va uning ism-shariflari oshkor etilmagan “bir qancha vazir hamkasblari” vafot etganini rasman tasdiqlagan edi. Vafot etgan hukumat rahbarining o‘rniga uning birinchi o‘rinbosari Muhammad Miftoh keldi.

Kiritildi: 17:30 30.09.2025. O'qildi: 706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!