Yamanning "Ansar Alloh" harakatidan bo‘lgan husiy isyonchilari Najran shahridagi Saudi Aramco zavodiga dron hujumi uyushtirganliklarini da’vo qilishdi.
Husiylar safidagi harbiy manba isyonchilar nazoratidagi Yaman axborot agentligiga ma’lum qildi.
"Yaman qurolli kuchlari Najran shahridagi Saudi Aramco zavodiga dron yordamida muvaffaqiyatli hujum qilishdi", deb xabar berdi agentlik manbadan iqtibos keltirgan holda.
Manbaga ko‘ra, operasiya Saudiya Arabistoni harbiy samolyotlari tomonidan Yaman suverenitetini buzishga javoban amalga oshirildi, ular shimoli-sharqiy chegara Saada viloyati ustidan havo maydoniga kirishdi.
13 avgust kuni husiylar Jizan shahridagi Saudi Aramco neftni qayta ishlash zavodiga ikkita dron yordamida hujum uyushtirganliklarini da’vo qilishdi.