Yamanning "Ansor Alloh" harakatidan bo‘lgan husiy isyonchilari Qizil dengiz sohilidagi Moxa portiga katta hujum uyushtirdilar va natijada ob’ektda yong‘in chiqdi.
Husiylar Yamanning g‘arbiy sohilidagi port va tinch aholi nishonlariga hujum qilish uchun raketalar, dronlar va qayiqlardan foydalanganlar.
Kanaldagi harbiy manbaning so‘zlariga ko‘ra, hukumat kuchlari uchirilgan 44 ta drondan 15 tasini urib tushirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Bundan tashqari, husiylar Bab el-Mandeb bo‘g‘ozi yaqinida neft tankeriga hujum qilishga uringan. Hujumda oltita minalashtirilgan qayiq ishlatilgan, ulardan uchtasi hukumat kuchlari tomonidan ushlangan.
Vahja mintaqasi qirg‘og‘ida hujumni qaytarish paytida sakkizta "Ansar Alloh" jangchisi halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.
Bunga javoban hukumat kuchlari mamlakatning g‘arbiy sohilidagi husiylar pozisiyalariga o‘nlab dron hujumlarini uyushtirdilar. Taiz g‘arbidagi isyonchilar nishonlariga artilleriya o‘q-dorilari ham davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Yamanda Saudiya Arabistoni tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan hukumat kuchlari va husiylar o‘rtasidagi mojaro 2014 yil avgustidan beri davom etmoqda.