Yamanning hutiylar harakati chorshanba kuni Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi asosiy yuk tashish yo‘lagi bo‘lgan tor Bab al-Mandeb bo‘g‘ozidan o‘tuvchi “har qanday” Isroil yoki Isroilga tegishli kemaga zarba berishni qayta boshlaganini e’lon qildi.
Yaman harakati bu qaror Isroilning qamaldagi G‘azo sektoriga gumanitar yordam olib kirishga ruxsat bermasligi bilan bog‘liq va “mazlum Falastin xalqi oldidagi insoniy va ma’naviy javobgarlik”ni chuqur his qilishdan kelib chiqqanini aytdi.
Hutiylarning Isroil va Isroil kemalariga hujumlari 2023-yilning noyabrida yahudiy davlatining G‘azo sektoriga bostirib kirishi fonida kuchaydi va 2024-yil yanvarida XAMAS va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatgandan so‘ng to‘xtadi.
Fevral oyida Yaman harakati, agar Bosh vazir Benyamin Netanyaxu hukumati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzsa, Isroilga qarshi hujumlarni qayta boshlash bilan tahdid qilgan edi.