AQShning Yaman sharqidagi Xodeyda shahriga havo hujumi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Yamanning "Ansorulloh" (xusiylar) isyonchi harakati nazoratidagi Al-Masira telekanali xabar berdi.
Xabar qilinishicha, zarbalar suv boshqarmasi binosiga berilgan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika harbiy samolyotlari Yaman shimolidagi Saada va shimoli-g‘arbiy Haj shaharlariga ham hujum qilgan.
Yamandagi mojaroning kuchayishi 7 mart kuni "Ansorulloh" yetakchisi Abdulmalik al-Hutiy agar to‘rt kun ichida G‘azoga yordam yetkazilmasa, hutiylar Isroilga qarshi “dengiz kuchlari amaliyotlarini” qayta boshlashlarini aytdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 15 mart kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida harbiylarga hutiylarga qarshi "katta hujum" uyushtirishni buyurganini ma’lum qildi.
Abdulmalik al-Husiy bunga javoban Amerika samolyotlari va harbiy kemalari nishonga olinishini va hujumlar davom esa, dengiz tashishdagi to‘siq AQShga ham ta’sir qilishini aytdi.
Avvalroq hutiylar AQSh va Buyuk Britaniya havo hujumlari natijasida Yamanning bir qator shaharlari, jumladan, Sana shahri ham 79 kishi halok bo‘lgani va yana 107 kishi yaralangani haqida xabar bergan edi.