Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Husiylar: Amerika o‘z tajovuzi uchun badal to‘laydi

Husiylar: Amerika o‘z tajovuzi uchun badal to‘laydi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 377 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar G‘azo markazi, Jabaliya va Nusayrat lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 42409 kishi shahid bo‘ldi.

▪️G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Falastin shaharlarida katta reydlar o‘tkazmoqda. Kichik yoshli qiz va bir yigit halok bo‘ldi. Nablusda janglar ketmoqda.

▪️Al-Qassam brigadalari Jabaliya lagerida bosqinchilar bo‘lgan binoni portlatib yubordi.

▪️Hizbulloh Kiryat Shmona, Hayfa va Safadga raketa hujumlarini uyushtirdi. Labun chegarasida ikkita "Merkava" tanki yo‘q qilindi.

▪️Bosqinchi havo kuchlari Livanning Baalbek va Bekadagi Al-Qasr, Sayyid Ali va Germash shaharlariga hujum qildi.

▪️AQSh va Buyuk Britaniya birinchi marta B2 Spirit bombardimonchi samolyotlaridan foydalangan holda Yaman poytaxtiga 9 marta zarba berdi.

▪️Husiylar: Amerika o‘z tajovuzi uchun badal to‘laydi, bizning G‘azo va Livanga nisbatan pozisiyamiz esa o‘zgarishsiz qolmoqda.

▪️Suriya OAV: Isroil Latakiya shahriga zarbalar berdi.

▪️BMTning Livandagi muvaqqat kuchlari: Tinchlikparvarlarimiz yana Livan janubida Isroil tankidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qqa tutildi.

▪️Iroq qarshilik kuchlari dronlar yordamida Um Rashrashga (Eilat - ibroniycha) hujum qildi.

Kiritildi: 19:59 17.10.2024. O'qildi: 785 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!