Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi sababli Yevropa aprel oyidayoq yoqilg‘i taqchilligini his qilishi mumkin – The Guardian

Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi sababli Yevropa aprel oyidayoq yoqilg‘i taqchilligini his qilishi mumkin – The Guardian

​Bu haqda Shell neft kompaniyasi bosh direktori Vael Savan ma’lum qildi, deb xabar bermoqda nashr.

​"Vaziyatning og‘irligini birinchi bo‘lib Janubiy Osiyo his qildi. Keyin bu Janubi-Sharqiy Osiyo va Shimoli-Sharqiy Osiyoga o‘tdi. Aprel oyi kelishi bilan bu holat Yevropaga ta’sir ko‘rsatadi", — dedi Savan Texasdagi neft sohasi konferensiyasida.

​Savanning ta’kidlashicha, inqiroz allaqachon aviasiya yoqilg‘isi yetkazib berishga ta’sir qilgan va uning narxi ikki baravarga oshgan. Navbatdagi bosqichda dizel, undan keyin esa benzin narxlari ko‘tarilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 22:14 25.03.2026. O'qildi: 252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!