Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi dengiz blokadasi davom etadi – AQSh prezidenti

Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi dengiz blokadasi davom etadi – AQSh prezidenti

Donald Tramp Eron bo‘g‘ozni savdo kemalari uchun ochiq deb e’lon qilganiga qaramay, Vashington Tehronga boruvchi yoki u yerdan keluvchi kemalar uchun blokadani davom ettirishini ma’lum qildi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi umumiy harakatlanish uchun ochiq, biroq harbiy blokada to Eron bilan yangi kelishuv 100 foiz yakunlanmaguncha to‘liq o‘z kuchida qoladi.

Shuningdek, AQSh harbiy-dengiz kuchlari Eron portlariga yo‘naltirilgan barcha kema qatnovini to‘sishda davom etadi. Tramp kelishuvning aksariyat bandlari allaqachon kelishib olingani sababli, bu jarayon juda tez yakunlanishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: Bugun 19:24. O'qildi: 415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!