Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

"Hurmatli prezident, Sizga yo‘llagan ushbu murojaatimiz bois rahbarlar bizni qamashi ham mumkin...”: rasmiy izoh berildi (VIDEO)

"Hurmatli prezident, Sizga yo‘llagan ushbu murojaatimiz bois rahbarlar bizni qamashi ham mumkin...”: rasmiy izoh berildi (VIDEO)

Ijtimoy tarmoqlar orqali joriy yilning 19 may kuni “Fermerlar: Hurmatli prezident, Sizga yo‘llagan ushbu murojaatimiz bois rahbarlar bizni qamashi ham mumkin...” nomli videomurojaat tarqalgandi.

 

“Saidmurodova Soliya” fermer xo‘jaligi rahbari N.Xolmurodovning videomurojaati bo‘yicha
rasmiy munosabat bildirildi.

"Paxta va g‘allaga ixtisoslashgan “Saidmurodova Soliya” fermer xo‘jaligi rahbari N.Xolmurodov jahl ustida ijtimoiy tarmoqlarlar orqali qilgan murojaatida tuman hokimi E.Alimovning harakatlaridan norozilik bildirgan. Keyin yana o‘zlari ijtimoiy tarmoqqa qilgan murojaati noto‘g‘ri ekanligi haqida qaytaddan murojaat qilishgan.

Muzrabod tuman IIB boshlig‘i mayor SH.Narmuratovning xolat yuzasidan bergan ma’lumotiga ko‘ra, Muzrabod tumani “Yangi avlod” SIU hududida joylashgan “Saidmurodova Soliya” fermer xo‘jaligi rahbari Xolmurodov Najmiddin 2020 yil 7 may kuni Muzrabod tumanida joylashgan Yangiobod qishloq va o‘rmon xo‘jaligi kasb-hunar kolleji binosida tuman hokimining fermerlar bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Muzrabod tuman IIB xodimlarini qonuniy talabini bajarmagani uchun xolat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi 1-qismiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, ma’muriy ishlar bo‘yicha Muzrabod tuman sudi tomonidan 2020 yil 7 may kuni eng kam ish haqining 2 baravari miqdorida, ya’ni 446 000 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan. Lekin, fuqaro N.Xolmurodovga hech qanday 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangani yo‘q, faqat jarima jazosi tayinlangani rost. Fuqaro N.Xolmurodovga nisbatan profilaktika inspektorlari tomonidan hech qanday ta’ziq yoki majburiy kuch ishlatish holatlari sodir etilmagan", deyiladi murojaatda.

Kiritildi: 13:20 22.05.2020. O'qildi: 7385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!