"B.Aleksandrov" nomidagi muz saroyida "Torpedo" va "Humo" jamoalari o‘rtasidagi so‘nggi, beshinchi o‘yin o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv 3:4 hisobida "Humo" foydasiga hal bo‘ldi. Shu tariqa, muntazam chempionat davomida o‘tkazilgan beshta o‘yinning barchasida Toshkent klubi g‘alaba qozondi. Shuningdek "Humo" va "Torpedo" o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlar soni jami 11 taga yetdi. Ushbu bahslarning barchasida vakillarimiz g‘alaba qozondi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Humo” musobaqa jadvalida 68 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Endi poytaxtimiz xokkey klubi navbatdagi o‘yinini safarda “Almati” jamoasiga qarshi 18 yanvar kuni o‘tkazadi.