Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Hukm o‘qildi! Andijonlik fermer nega o‘qituvchi ayolini o‘rib o‘ldirgandi?

Hukm o‘qildi! Andijonlik fermer nega o‘qituvchi ayolini o‘rib o‘ldirgandi?

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudida o‘tgan ochiq sud majlisida umumta’lim maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan turmush o‘rtog‘ini urib o‘ldirgan paxtaobodlik fermer I.T.ga nisbatan hukm o‘qildi. Bu haqda Daryo ga viloyat sudi sudya katta yordamchisi Komronshox Rasulov xabar qilmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi sudyasi Ilhomjon Sotvoldiyevning ma’lum qilishicha, fevral mart oylari davomida Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi j , z bandlari (o‘ta shafqatsizlik bilan; nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan bog‘liq holda qasddan odam o‘ldirish) bilan ayblangan 1974 yilda tug‘ilgan, o‘rta-maxsus ma’lumotga ega Karomatoy ipakchi fermer xo‘jaligi boshlig‘i I.T.ga ochilgan jinoyat ishi sudlanuvchi, jabrlanuvchining vakillari va guvohlar ishtirokida ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan.

Sud ishida I.T. 2018 yilning 5 noyabr kuni soat 20:00 larda yashash xonadoniga kelib, kechki ovqat vaqtida uyida saqlayotgan 0,5 litr hajmdagi aroqni iste’mol qilib mast bo‘lgan vaqtida turmush o‘rtog‘i M.T. bilan janjallashgani aniqlangan. Janjalga M.T. erining dehqonchilik qilib yetishtirilgan sholi ekinini o‘z vaqtida kombayndan chiqarmayotganidan norozi bo‘lgani va uni alkash deb haqoratlagani sabab bo‘lgan. I.T. jahl ustida ayolining boshi va tanasining turli sohalariga qo‘l-oyoqlari, shisha idish hamda temir jism bo‘lagi bilan shafqatsizlarcha urib, tanasining turli qismlariga 72 ta jarohat yetkazib, qasddan o‘ldirgan. Oilaning ikki farzandi yetim qolgan.

O‘sha kuni ertalab Olloyor-Muhayyo fermer xo‘jaligidan ijaraga olgan 20 sotix yerda yetishtirilgan sholini kombayndan chiqarish maqsadida texnika qidirib chiqib ketdim, deydi sudlanuvchi aybiga iqror bo‘lib. Kechga qadar shu masala bilan shug‘ullandim. Lekin natija bo‘lmadi. Kech kirgach uyga qaytdim. Turmush o‘rtog‘im bir o‘zi ekan. Charchaganim va siqilganim uchun tokchadagi aroqni qovurma shakarob bilan ichdim. Bundan norozi bo‘lgan xotinim ichmang alkash , sholini chiqara olmabsiz deb yana turli so‘zlarni aytib, nolidi. Unga ko‘p gapirmasligini, qornim ochganligini bildirdim. Bir yarim soat ichida aroqning hammasini ichib bo‘ldim. Turli javrashlardan jahlim chiqib musht bilan ayolimni boshiga bir marta urdim. Uning boshi pechkaning qirrasiga tegib qon chiqib ketdi. Qarshilik ko‘rsata boshlagach o‘zimni idora qila olmadim. O‘zimga kelganimda uning ovozi chiqmay qolgandi. Yoniga borib qaraganimda, qotib muzlab qolgan ekan. Qilmishimdan pushaymonman.

Dastlabki tergovda to‘plangan va sudda tekshirilgan dalillar bilan isbotlangan holatlarga ko‘ra, I.T. M.T.ni o‘ldirayotgan vaqtda unga azob berayotganini bilib va shuni xohlab, unga ko‘plab tan jarohatlari yetkazib, qasddan o‘ldirgan.

Sud hukmi bilan I.T. Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismining j bandi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlanib, jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi. Shuningdek, sudga oid narkologiya ekspertizasining xulosasiga asosan mahkumga jazoni o‘tash davrida alkogolizmdan davolanishning tibbiy yo‘sindagi choralarni qo‘llash lozim deb hisobladi.

Kiritildi: 16:52 03.04.2019. O'qildi: 4119 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!