Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Hujjat topshirish uchun to‘lovni qanday to‘lash mumkin?

A A A
Hujjat topshirish uchun to‘lovni qanday to‘lash mumkin?

✅ JAVOB: Bu juda ham oson. Istalgan bank yoki elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lash mumkin.

my.dtm.uz yoki my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tganingizdan keyin, o‘zingiz xohlagan 5 tagacha yo‘nalishni tanlaysiz. Shunda siz uchun avtomatik ravishda invoys chek yaratiladi (1-rasmga qarang). Va siz quyidagi 2 ta usul orqali to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin bo‘ladi:

1) Bank orqali. O‘sha chekni printer orqali chop etib, istalgan bank kassalariga borgan holda, to‘lov qilish;

2) Elektron to‘lov tizimlari orqali. Maxsus ilovani ochib, to‘lovlar qismida Davlat test markazini qidirib topasiz (odatda «Davlat xizmatlari» kategoriyasida bo‘ladi). Chekda ko‘rsatilgan 14 ta raqamdan iborat invoys raqamni kiritasiz. Shunda Sizning ism-familiyangiz chiqib keladi. Va to‘lovni amalga oshirasiz. Odatda 1% (1 225 so‘m) komissiya ushlab qoladi.

Shu.

Kiritildi: 14:23 13.07.2021. O'qildi: 9421 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!